OTP Bank “Ipotekabank”ning O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli aksiyalardan 75 foizini rasman sotib oldi. Aksiyalarning qolgan 25 foizi 3 yillik muddatda sotib olinadi.
“Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish bo‘yicha birinchi bitim ikki hafta ichida yakunlanishi rejalashtirilmoqda, dedi OTP Bank direktori o‘rinbosari Laslo Vulf. Uning so‘zlariga ko‘ra, OTP 2022-yil dekabr oyida xususiylashtirish to‘g‘risidagi bitim imzolangandan beri “Ipoteka-bank”ni rivojlantirish ustida ishlamoqda.
12 dekabr kuni Vengriya va O‘zbekiston vakillari ishtirokida «Ipoteka-bank»ni xususiylashtirish shartlari bitimi bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini imzolandi. Bitimning moliyaviy yakuni 2023 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi kutilmoqda.
«Ipoteka-bank»ning 75 foiz davlat ulushini sotib olishni rejalashtirgan Vengriyaning OTP Bank banki O‘zbekistondan bitimni kechiktirishni so‘radi. Kechikishga Ukrainadagi urush sabab qilib keltirildi.
Vengriyaning yirik banklaridan biri O‘zbekiston bankini xususiylashtirish jarayonida qatnashadi. “OTP banki O‘zbekistonning “Ipoteka bank”ining davlat ulushini xususiylashtirishda ishtirok etishini boshlaganini qizg‘in qutlaymiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev, Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanga murojaat qila turib.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting